SEYSMOGRAMMA
SEYSMOGRAMMA (seysmo… va …gramma) — zilzila yoki portlash natijasida vujudga keladigan yer tebranishlari yoki silkinishlarini maxsus asbob (seysmograf)larda qayd etilgan yozuvi. Yer qimirlaganda (yoki portlash paytida) grunt zarralari siljiydi, bu siljishning tezligi va tezlanishi boʻladi. Siljishlar grafigi S, tezliklar yozuvi velosigramma, tezlanish yozuvlari esa akselerogramma deb ataladi. Zilzilani qayd etish muammolari bilan olimlar (mas, Xitoy olimi Chjin Xen, 78—139-yillar) milodning boshidan boshlab shugʻullangan, ammo tebranishlarni yozib olishning mukammal galvanometrik usuli 20-a. da yaratildi. Sdan foydalanib zilzilaning kuchi (ball) va energiyasi (magnituda)ni aniklash mumkin. Seysmogramma asosida seysmik toʻlqinlar tarqalgan muhitning tuzilishi haqida maʼlumotlar olinadi.
Ensiklopediya.uz
SEYSMOGRAMMA