SEYSMIK RAZVEDKA

SEYSMIK RAZVEDKA

SEYSMIK RAZVEDKAkon qidirishning geofizik usullaridan biri. U portlatish va zarba manbalaridan har tomonga tarqalgan elastik toʻlqinlarni oʻrganishga asoslangan. Yer pustila bu toʻlqinlar eng chuqurda joylashgan togʻ jinslarigacha borib yetadi va ularga urilib qisman sinadi, qisman aks etib kaytadi. Yer ustida bu toʻlqinlarni seysmogrammalar sifatida Sr. stansiyalari yozib oladi. Seysmogrammalarni EHM va kompyuterlarda tahlil qilib, toʻlqinlar oʻtgan qatlamlarning geologik tuzilishi, struktura va uzilmalarning chuqurligi, tashkil etgan togʻ jinslarining tarkibi va ular bilan bogʻliq boʻlgan konlar kattakichikligini bilish mumkin.

Ensiklopediya.uz
SEYSMIK RAZVEDKA