SEYISTON

SEYISTON

SEYISTON, Sakiston (qadimda — Drangʻiyona) — Eron va Afgʻoniston chegarasida joylashgan tarixiy viloyat. Drangʻiyona nomi 1marta Bihistun kitobalariaya eslatilgan. Drangʻiyonaga sak qabilalari kelib joylashgani uchun (mil. av. 2-a.) Sakiston, keyinchalik Seyiston deb atalgan. S. Mauriyalar imperiyasi, YunonBщtriya podsholigi (mil. av. 3—2-a. larda) tarkibiga kirgan. Parfiya (mil. av. 3-a. —mil. 3-a.), Sosoniylar davlati (3—7-a. lar.), Arab xalifaligit tobe boʻlgan. 8—9-a. larda xorijishar harakati markazlaridan biri. Yirik shaharlari: Zabol (Zobul) (Eronda), Zaranj (Afgʻonistonda). Aholisi (forslar, afgʻonlar, balujlar va b.) dehqonchilik (bugʻdoy, arpa, paxta) va chorvachilik (tuya, qoʻy, echki) bilan shugʻullanadi.

Ensiklopediya.uz
SEYISTON