SEYFERT GALAKTIKALARI

SEYFERT GALAKTIKALARI

SEYFERT GALAKTIKALARI — oʻzagi koʻpincha yulduzsimon boʻlib, uning nurlanish spektri kuchli keng chiziqlardan iborat boʻlgan galaktikalar; amerikalik olim Seyfert kashf qilgan. Seyfert galaktikalari markaziy qismidagi keng chiziqlarning tezligi, bir necha ming km/s bilan harakatlanuvchi gaz bulutlari b-n bogʻliq. Seyfert galaktikalari, asosan, spiralsimon tuzilishga va ultrabinafsha toʻlqin uzunliklarida orttirma nurlanishga ega. Spiral galaktikalarda 1% S. g. boʻlib, ularda yorqinlik markaz tomon keskin ortib boradi. Odatda, ular galaktikalar guruhlari va qoʻshaloq galaktikalarda uchrab, galaktikalar toʻdalarida esa deyarli kuzatilmaydi.

Ensiklopediya.uz
SEYFERT GALAKTIKALARI