SEVILYA
SEVILYA — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyati va Sevilya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 702 ming kishi (1998). Gvadalkvivir daryosi boʻyidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, kemasozlik va aviasozlik, q. x. mashinalari i. ch.), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo va neft kimyosi sanoatlari korxonalari mavjud. Arxeologiya, nafis sanʼat muzeylari, un-t (1502) bor.
Ensiklopediya.uz
SEVILYA