«Sevgi iztirobi» — go’zal va beshavqat muhabbat

«Sevgi iztirobi» — go’zal va beshavqat muhabbat

«Sevgi iztirobi» — go’zal va beshavqat muhabbat

Mundarija скрыть
«Sevgi iztirobi» — go’zal va beshavqat muhabbat
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Yaqindagina turk telekanali orqali namoyishi tugagan serial — “Kara sevda” filmi o‘zbek tilida “Sevgi iztirobi” deya tarjima qilingan holda efirga uzatilmoqda.
2011 yildan buyon turk seriallari namoyishi to‘xtatilgan bir vaqtda yana bunday filmlarga yo‘l ochilganligi o‘zbek ahlini quvontirgani shubhasiz. Shu vaqtgacha namoyish etilgan turk seriallari kino ixlosmandlariga manzur bo‘lgan edi.
“Zo‘r TV” telekanali ijodkorlari Hayit ayyomi arafasida dunyo reytingida yuqori o‘rinda turgan serialni o‘zbek tiliga tarjima qilgan holda namoyish etishni boshladi. O‘zbek tomoshabinlar qalbini tobora zabt etib borayotgan serial haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
sevgi iztirobi
sevgi iztirobi
Bu kartinani aslida “So‘ngsiz muhabbat” deb tarjima qilish ham mumkin edi. Rossiyada serial “Chyornaya lyubov” tarzida internet orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.
O‘tkir syujetli drama janrida tasvirga olingan serialda Burak Ozchivit, Neslixan Atagul, Kaan Urganjo‘g‘li, Xazal Filiz Kuchukkyose, Melisa Asli Pamuk kabi aktyorlar ishtirok etishgan. Serialning ilk qismi Turkiyada 2015 yil 14 oktyabrda efirga uzatilgan. Uning ikkinchi fasli 2016 yil 21 sentyabrda ekran yuzini ko‘rgan.
Film turli hayot sinovlariga duch kelgan muhabbat haqida. Turk xalqi, qaysidir ma’noda, bizning o‘zbeklarga o‘xshash jihatlari borligi sir emas. Sharqona ibo-hayo, madaniyat, tarbiya kabi omillarda o‘xshashliklarni ko‘rish mumkin.
Shu sabab ham bu serial O‘zbekiston ahli orasida ham allaqachon ommalashishga ulgurgan. Serialni internet orqali rus va turk tillarida tomosha qilgan yurtdoshlarimiz soni ancha yuqori. Shunga qaramay, serialga bo‘lgan qiziqish so‘nmagan.
Oddiy oilaning o‘g‘li Kamol badavlat oilaning qizi Nihonni sevib qolishi va ularning muhabbati turli sinovlarda sinalishi ta’sirchan ruhda tasvirlangan.
Burak Ozchivit va Neslixan Atagul turk telekanallaridan biriga intervyu chog‘ida nima uchun aynan shu serialda suratga tushishga rozilik bildirganliklari haqida to‘xtalib o‘tishgan.
“…Ssenariyni o‘qiganimda Nihonga mehrim tushdi. U juda sodda. Talaba bo‘lgan bu qiz o‘zi uchun ajoyib bo‘lgan hodisalarni topib yuradi. Shu orqali e’tiborimni tortdi. Bundan tashqari, film prodyuseri, rejissyori, bosh qahramonning jufti va serial namoyish etiladigan kanal muhim. Men taklifni qabul qildim”, deydi Neslixan Atagul. Suratga olish ishlari davomida aktrisa jamoa ishidan doim mamnun bo‘lgan.
Aktrisa “Suratga olish ishlari juda yaxshi o‘tdi. Albatta, boshida qiyinchiliklar bo‘ldi, ammo bular endi o‘tib ketdi. Umid qilamanki, tomoshabinlar bizning serialdagi qahramonlarimizga ishonishadi va bizni yaxshi ko‘rishadi. Ijobiy fikrlar olishni istar edik. Sababi biz o‘zimiz shunga ishonamiz”, deya qo‘shimcha qildi.
Burak Ozchivit “Muhtasham yuz yil” seriali orqali muxlislar qalbidan joy olishga ulgurgan. Aktyor “Sevgi iztirobi”dagi roli uning uchun yangicha yo‘nalishdagi ijro bo‘lganligini yashirmadi:
“Avvalo bu loyihada ishtirok etganimdan xursandman. Serialda qahramonni o‘zi kuch-qudrati bilan oyoqqa turishi menga yoqqanligi uchun loyihada ishtirok etishga rozilik bildirdim. Yangi mavsumda aynan shunday rolni ijro etishni istagan edim. Biz boshidan buyon qahramonning yaralishi ustida birga ish olib bordik. Shu sabab juda hayajonlandim. Odatda aktyorga ssenariy olib kelishadi va u rolga rozi bo‘ladi. Bizda esa biroz boshqacha bo‘ldi. Men shu paytgacha ijro qilmagan qahramonni yaratishimga to‘g‘ri keldi”.
Burak Ozchivit serialdagi qahramoni haqida quyidagilarni gapirdi:
“…Kamol yosh yigit, tog‘ muhandisligi fakultetida o‘qiydigan talaba. Hayotda biroz moddiy qiyinchilikka uchragan, biroq shunga qaramasdan u baxtli bo‘lishiga ishonadi. O‘ylaymanki, bu uning eng asosiy jihati. Men hayotdan zavqlanuvchi personajni yaratishga harakat qildim. U tajribasiz, ammo kelajakka katta umid bilan qaraydi. Atrofidagi salbiy hodisalarga ijobiy ko‘z bilan qaraydi. Hayotidagi muammolari to‘g‘risida juda yaxshi biladi. Hayotda inson taqdirini hal qiluvchi turli vaziyatlar bo‘ladi va bu yigit hayotida ham ana shunday voqealar ro‘y beradi. Ma’lum vaqtgacha u sabrli bo‘ladi, ammo barchasi o‘zgargach, u ham kuchga ega bo‘ladi. Bu esa Kamolni tomoshabinlar ko‘rishni istagan personajga aylanishiga sabab bo‘ladi”.
Aytish kerakki, bu serialda rol ijro etish uchun Burak Ozchivit mo‘ylovini olishiga to‘g‘ri kelgan. “Buni faqat men gapirmayman. Otam ham uzoq yillar davomida mo‘ylovli bo‘lgan. Bir kuni mo‘ylovini olganida, ko‘chaga ham chiqmagan. Doimiy tarzda mo‘ylov yoki soqol bilan yuradigan erkaklar buni yaxshi tushunishsa kerak. Men ham 5 yil davomida mo‘ylov bilan yurar edim. Oson bo‘lmagan. Bu serial uchun ancha o‘zgarishimga to‘g‘ri kelgan”, deydi aktyor.
Go‘zal va beshavqat muhabbat aks etgan serial haqida yana ma’lumotlar berishda davom etamiz. Bizni kuzatishda davom eting.
Durdona Rasulova tayyorladi

«Sevgi iztirobi» — go’zal va beshavqat muhabbat