Sevgi fazosida erkin qushga aylaning (TEST)

Sevgi fazosida erkin qushga aylaning (TEST)

Sevgi fazosida erkin qushga aylaning (TEST)

Mundarija скрыть
Sevgi fazosida erkin qushga aylaning (TEST)
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Muhabbat bo`yinga solingan sirtmoqqa aylanmasligi uchun insonga erkinlik kerak. Kimgadir harakat erkinligi, kimgadir tuyg`ular, yana kimlargadir fikr erkinligi. Quyidagi 10 savolga javob berib, muhabbatda aynan siz uchun uning qaysi turi muhim ekanligini bilib oling. Bu o`zingizni yanada yaxshiroq tushunib, yoringiz bilan o`rtangizdagi tushunmovchiliklarni bartaraf etishingizga ko`maklashadi. Ha aytgandek, javoblar orasida to`g`ri yoki noto`g`rilari yo`q. Shunchaki, ko`nglingiz chopgan birinchi variantni belgilang. Ichki sezgingizga ishoning.
1. Yoringizning qaysi ishi sizga noqulaylik tug`diradi?
A. «Shaxsiy yozishmalarim, kundalik yoki «SMS»larimni o`qishi asabiylashtiradi».
B. «Atigi bir kunga onamnikiga yubormagani jahlimni chiqaradi».
V. «Sevish-sevmasligimni so`rayverishi g`ashimga tegadi».
2. Saramjonlik siz uchun…
A. «Eng avvalo, hayollar, rejalardagi tartib degani».
B. «Javondagi kiyimlarning joy-joyida turishi».
V. «Kommunal to`lovlardan qarzdorlikning yo`qligi».
3. Sizningcha munosabatlardagi erkinlik…
A. «Har kim o`z ishi bilan mashg`ul bo`la olishi…»
B. «Har bir qadaming haqida hisobot bermaslik…»
V. «Doim uni sevish shartmasligi. Axir ba`zi-ba`zida achchiqlanib turishga to`g`ri keladi».
4. Turmush o`rtog`ingiz bilan tug`ilgan kunga bordingiz. Siz zerikib o`tiribsiz, u esa maza qilayapti. Barvaqtroq turishning imkoni yo`q. Nima qilasiz?
A. «Holiroq erga kirib, dugonalarim bilan gaplashaman».
B. «Birrovga bo`lsa-da, tashqariga chiqishga harakat qilaman».
V. «Davrada o`tirsam-da, o`z yumushlarim haqida o`ylayman».
5. Turmush o`rtog`ingiz jahl ustida uydan ketishini ma`lum qildi…
A. Qarorini izohlashini talab qilasiz.
B. U kap-katta odam, muammosini o`zi hal qilsin.
V. Qanday qilib bo`lsa-da, olib qolish yo`llarini izlaysiz.
6. O`z juftini hurmat qilgan kishi…
A. Uning har bir fikriga qo`shilishi shart emasligini biladi.
B. Jufti doim yonida bo`lishi shart emasligini tan oladi.
V. Bu hayotda faqat tuyg`ular bilangina yashash kerak emasligini yaxshi tushunadi.
7. Bolaligingizda…
A. Mustaqil bo`lganman. Shuning uchun erkalashlarga ehtiyoj sezmayman.
B. Qo`rqmas bo`lganman. Hozir ham yolg`izlikdan qo`rqmayman.
V. Yopiq bo`lganman. Ota-onamga hamma narsa haqida aytishni yoqtirmasdim.
8. Turmush o`rtog`ingiz qaysi jihatingizga e`tiroz bildiradi?
A. «Uni sevishimni aytavermasligimdan norozi».
B. «Rejalashtirgan ishimizni birgalikda bajara olmasak kayfiyati tushadi».
V. «Nimalar haqida o`ylashimni bilmasligidan shikoyat qiladi».
9. Muhabbat haqidagi asarlarni o`qimaysiz. Chunki…
A. Ular zerikarli va siyqasi chiqqan.
B. Ularda harakat, kechinmalar doim bir xil.
V. Mazmuni o`xshash bo`lgani uchun.
10. Agar juftlik…
A. Vaqti-vaqti bilan alohida yashashni istab qolsa, bu qo`rqinchli emas.
B. Dunyoqarashlari bir xil bo`lmasa, vaxima qilmaslik kerak.
V. Oilaning mustahkamligini saqlash uchun rol ijro etsa tushunish mumkin.
Javoblar:
№ 12345678910
A 2213121323
B 1121213132
V 3332332211
Natija:
10 — 16 ball: Xarakat erkinligi
Siz uchun o`zingiz istagan paytda, o`zingiz xohlagan joyga borish juda muhim. Qolaversa, bu haqda hisobot berishni ham yoqtirmaysiz. Sevgi deganda sevishganlarning doim birga bo`lishini tushunmaysiz. Albert Kamyu aytganidek: «Erk kishiga ma`nan o`sish imkoniyatini beradi». Juftingizni hurmat qilasiz va noo`rin rashkingiz bilan yolg`on so`zlash, o`zini oqlashga majbur qilmaysiz. Har kimning o`z hududi bo`lishi lozim degan qarashni qo`llab quvvatlaysiz. Orangizdagi masofa qanchalik yiroq bo`lsa, yoringizni kuchliroq sevishingizni tushunasiz. Har kuni qaror qabul qilish inmkoniyatiga ega bo`lishingiz lozim. Afsuski erkinlikning ushbu turiga bo`lgan ehtiyojingizni juftingiz doim ham to`g`ri tushunavermaydi.
Ustunligi: kichik ayriliqlar muhabbatingizni alangalatib turadi.
Maslahat: agar turmush o`rtog`ingiz ham sizdek o`ylamasa, erkinlikning bu turi munosabatlaringizga rahna solishi mumkin. Yoringiz sizdagi erkinlikka bo`lgan chanqoqni tushunmasligi va oxir oqibat sabr kosasi to`lishi mumkin. Balki juftingizning qarashlariga quloq tutib, oqim bo`ylab suzishga harakat qilganinigiz yaxshidir.
17-23 ball: Fikr erkinligi
Shioringiz «Inson o`qilmagan kitob kabi bo`lishi lozim». Hatto, qalbingizni sevgan insoningizga hadya etib ham erkinligingizni saqlab qolasiz. Bu degani o`zinigizga yarasha sirlaringiz, o`rtoqlashishni istamagan xayollaringiz, faqat o`zingizgagina tegishli olamingiz bor degani. Boshqacha qilib aytganda sizga ichki mustaqillik zarur. Bu bilan yoringizni hurmat qilmaysiz, demoqchi emasmiz. Axir u atrofdagilar orasida fikrlaringizni ochiq ayta oladigan eng yaqin insoningizligicha qolaveradi.
Ustunligingiz: O`zingizni bunday tutishingiz sevgan insoningiz qarshisida sizni yanada sirli ko`rsatadi. Shuningdek bu turdagi mustaqillik kundalik hayotingizga halal qilmaydi.
Maslahat: Ba`zida yaqinlaringiz hatti-xarakatlaringizni sovuqqonlik, e`tiborsizlik deya qabul qilishlari mumkin. Yaxshisi, tuyg`ularingiz kuchini ochiq ko`rsatishga harakat qiling. Aks holda orangizdagi masofa kattalashib boraveradi.
24-30 ball: Tuyg`ular erkinligi
Muhabbat qissasi uzoq va baxtli davom etishi uchun ko`ngil amriga kuloq tutish shart, degan qarashni ilgari surasiz. Yurakka buyruq berib, o`zingizni kimnidir yoqtirishga majburlay oladiganlar toifasidan emassiz. Ikkiyuzlamachilikka ham toqatingiz yo`q! Agar juftingizga nisbatan hurmatingiz so`nmasa, munosabatlardagi kichik tushunmovchiliklar ayriliq uchun asos bo`la olmasligini ham yaxshi bilasiz. Har qanday cheklovlarga chidashingiz mumkin, faqat o`z hislaringizga qarshi chiquvchi qarorlar qabul qilishga dosh berolmaysiz. Yoringiz shirin so`zlaringizni tinglashni istab turganini bilsangiz-da, agar unga mehringiz toblanib ketmasa tuyg`ularingizni izhor etmaysiz. Shundan keyin yoringiz bilan o`rtangizda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Ustunligingiz: O`zaro hurmat, e`tibor v e`tirofni har qanday o`tkinchi hoyu-havas va g`azabdan ustun qo`yasiz. Shuning uchun ham juftingiz bilan o`rtangizda sohtalik va aldovlarga o`rin qoldirmaysiz. O`zingiz ham boringizcha bo`lasiz, uni ham boricha qabul qila olasiz.
Maslahat: Yoringiz tuyg`ularingizni to`g`ri tushunib, shubhayu gumonlar changalidan chiqib olishi uchun uning ham hislariga e`tibor qarating. Nafaqat hurmatingizni, asl tuyg`ularingizni ham bildirib turing.

Sevgi fazosida erkin qushga aylaning (TEST)