SEVERSOV MUZLIGI
SEVERSOV MUZLIGI — Oʻzbekistondagi eng yirik muzlik. Qashqadaryoning irmogʻi — Oqsuv daryosining yuqori oqimida. Hisor tizmasi gʻarbiy qismining shim. yon bagʻrida. Mayd. 1,38 km2. N. A. Severnoye nomi bilan atalgan. Seversov Muzligida gidrometeorologik st-ya ishlab turibdi.
Ensiklopediya.uz
SEVERSOV MUZLIGI