SEVERSOV haqida to’liq ma’lumot oling

SEVERSOV haqida to’liq ma’lumot oling

SEVERSOV — Nikolay Alekseyevich (1827.20.10, Voronej — 1885. 26.1) — rus zoologi, zoogeografi va sayyohi. Moskva un-tini tugatgan (1846). Oʻrta Osiyoga bir necha marta sayyohat kilib (18571879), Tyanshan va Pomir togʻlari hamda Qizilqum choʻlini tadqiq qilgan; ularning faunasi, geografiyasi va geologiyasini oʻrgangan; Pomir orografiyasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga oid boy material yiqqan; Rossiya va Turkiston qushlarining tarqalishi va hayotiga oid tadqiqotlar olib borgan; qushlar kolleksiyasini toʻplagan. S. Palearktikani zoogeofafik r-nlashtirish prinsiplarini ishlab chiqqan. Oʻrta Osiyo togʻlaridagi choʻqqi va muzliklar uning nomiga qoʻyilgan.

Malumotlar
SEVERSOV