SERVOMEXANIZM

SERVOMEXANIZM

SERVOMEXANIZM (lot. servus xizmatkor, qul va mexanizm) — avtomatik rostlash tizimlarida qoʻshimcha manba energiyasi hisobiga birlamchi harakatning mexanik energiyasini kuchaytirib beradigan qurilma. Servomexanizm ish kismi va boshqarish qurilmasidan iborat. Kichik energiyali birlamchi harakat S. ning boshqarish qurilmasi — zolotnik a ni siljitadi, ish qismi — gidravlik silindr b (servomotor) tashqi (qoʻshimcha) energiya isteʼmol qilgani uchun Servomexanizm birlamchi harakatni kuchaytirib takrorlaydi. Servomexanizmni ishlatish uchun dvigatelning kiritish tizimidagi siyraklashish (vakuum S), havo bosimi (pnevmatik Servomexanizm) va moy bosimidan (gidravlik Servomexanizm) foydalaniladi. Servomexanizm boshkarish tizimlarida, avtomobil, traktor va tanklarning tishlashish muftasi, uzatmalar kutisi, rul boshqarmasi hamda tormozlarida qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
SERVOMEXANIZM