SEROV Valentin Aleksandrovich

SEROV Valentin Aleksandrovich

SEROV Valentin Aleksandrovich [1865.7(19).1, Peterburg 1911. 22.11(5.12), Moskva] — rus rassomi, rang-tasvirda realizmning yirik namoyandasi. Peterburg BA da tahsil koʻrgan (1880—85). Serov ijodiga I. Ye. Repin (yoshligida undan taʼlim olgan) hamda rassomlarning Rossiya va Gʻarbiy Yevropa muzeylarida koʻrgan asarlari kuchli taʼsir koʻrsatgan. Ilk asarlaridayoq nur va rangni ishlashi, murakkab reflekslar uygʻunligini berishi, havo bilan toʻyingan muhit (olam) ni tasviriy jozibasi bilan aks ettirishi diqqatga sazovor («Shaftoli tutgan qiz», 1887; «Oftobda turgan qiz», 1888, ikkalasi ham Tretyakov galereyasida va b.). 1890-y. dan portret janri Serov ijodida asosiy oʻrin tutadi, kishilarning oʻtkir ruhiy holatini berish oldinga chikdi, artist, rassom, yozuvchilar uning sevimli modeliga aylanadi: «A. Mazini» (1890), «K. A. Korovin» (1891), «I. ILevitan» (1893), «N. A. Rimskiy — Korsakov» (1898), «M. Morozov» (1902), «M. N. Yermolova» (1905) va b. Davr ruxini, qahramonlar vaziyatini berishda rang tuslarini mahorat bilan qoʻllaydi («Petr I», tempera, 1907 va b.). Qad mifologiya mavzularida ham asarlar yaratgan. Serovning eng yaxshi asarlari rus realistik sanʼatining choʻqqisidir.

Ensiklopediya.uz
SEROV Valentin Aleksandrovich