SERGELI haqida to’liq ma’lumot oling

SERGELI haqida to’liq ma’lumot oling

SERGELI, sirgʻali — oʻzbek va qozoq xalqi tarkibiga kirgan qabilalar uyushmasi. Katta juz tarkibiga kirgan. Sergeli larningbir kismi Zarafshon vohasi qipchoklari va Jizzax viloyati yuzlarining tarkibiga mayda urugʻ sifatida qoʻshilganlar. Toshkent uyezdining Yettikent, Oqjar, Zangiota, Qoʻshqoʻrgʻon, Niyozbek volostlari va Toshkent vohasida Sergelilar 1074 xonadon (8125 kishi)ni tashkil etgan (1920-y. da oʻtkazilgan aholi roʻyxatiga koʻra). 19-a. va 20-a. boshlarida Qoziqurt, Qarjon, Chimyon toglarining etaklarida, Bodom, Keles, Chirchiq, Oqsoqota daryolari vohalarida yashagan. Sergelilar tarkibida 12 qabila (boyjigit, shaldar, botir, jaydaq, qaychili, qorakungirdak, oqkungirdak, qorabotir, tutamgʻali, eliboy, janaboy, aytboʻzim) mavjud boʻlgan. Bu qabilalar, oʻz navbatida, bir qancha mayda urugʻlarga boʻlingan. Sergeli larning oʻz tamgʻasi va uroni (suroni) mavjud boʻlgan. Ular etnogeneziga koʻra, doʻglat, uysun qabilalari b-n qardosh hisoblanadi. Sergelilar, asosan, yarim koʻchmanchi chorvachilik, qisman dehqonchilik, hunarmandchilik (alacha, shol toʻqish, kigiz bosish) bilan shugʻullangan. Sergeli larning avlodlari Toshkent viloyatining Yangiyoʻl, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Chimkent viloyatida yashab kelmoqda. Ayrim tumanlar toponimida Sergelilar tarkibidagi urugʻ nomlari saqlanib qolgan. Toshkent sh. dagi tumanlardan biri Sergeli deb ataladi.

Ad.: Shoniyozov K. Sh., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.

Malumotlar
SERGELI