SERERA
SERERA (lot. Ceres) — kichik sayyora, asteroid; 1801-y. da J. Piassi kashf etgan. Serera kichik sayyoralar ichida eng kattasi boʻlib, diametri 770 km, oʻrtacha koʻrinma yulduz kattaligi 7,5. Quyosh atrofini 4,6 yilda bir marta toʻliq aylanib chiqadi. Sereraning Quyosh atrofidagi orbitasi Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida joylashgan. Serera orbitasining katta yarim oʻqi, yaʼni uning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,77 astronomii birlikka teng. Serera orbita tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi /=10°,61, ekssentriteti ye=0,076. Hamma kichik sayyoralar singari Serera ham aniq geometrik shaklga ega boʻlmagan qattiq jism boʻlib, oʻz atmosferasiga ega emas.
Ensiklopediya.uz
SERERA