SEPSIS HAQIDA BATAFSIL to’liq malumot oling

SEPSIS HAQIDA BATAFSIL to’liq malumot oling

SEPSIS HAQIDA BATAFSIL

#SEPSIS O’ZI NIMA👇

(qon zararlanishi) – generallashgan yallig’lanish kasalligi bo’lib, qonda mikroorganizmlarni aylanishidan hosil bo’ladi.

#TURLARI👇👇

1.Teri sepsisi – mikroblarning shikastlangan teri orqali qonga tushishi

2.Akusher-ginekologik sepsis – tug’ruq va xirurgik abortlardan keyin paydo bo’ladi.

3.Tonzilyar sepsis – infeksiyaning og’izga tushishidan kelib chiqadi

4.Odontogen sepsis – tish va milklar yallig’lanishida

5.Otogen sepsis – quloq kasalliklaridan so’ng.

#SABABLARI👇👇

1.Organizmga kokklar (streptokokk, stafilokokk, pnevmokokklar) va ichak tayoqchasi kirishi. 2.Preimmunodepressiv preparatlar, sitostatiklar

3.Nur bilan davolash

4.Yara va kuyishlarni asoratlaridan

#BELGILARI👇👇

1.Harorat 39-40C gacha ko’tarilishi

2.Qaltirash

3.Kuchli terlash

4.Teri marmar yoki och sariq tusda bo’lishi

5.Puls tezlashishi (120-150 gacha)

6.Arterial bosim pasayishi

7.Xansirash

8.Teriga toshma toshishi (nuqtasimon qon talashlar va pufaklar, yiringli qonli suyuqlik bilan to’lgan).

9.Ko’z terisi, og’iz shilliq qavatiga qon quyilishlar

#DIAGNOSTIKA👇

1.Qon umumiy tahlili

2.Polimeraz zanjir reaksiyasi

3.Protokalsin sinama

#DAVOLASH👇👇

1.Antibakterial davo

2.Dezintoksikatsion davo

3.Yallig’lanishga qarshi vositalar

4.Donor plazmasi va trombotsitar massa quyish.

#ASORATLARI👇👇

1.O’pka va miya absesi

2.Gangrenaa

3.Yiringli plevrit

4.Sistit

5.Yiringli meningit

6.Yurak yetishmovchiligi

7.Septik shok

8.Ichki qon ketishlar

9.Sepsis og’ir progressiv kechish va yuqori o’lim xavfi bilan xarakterlanadi.

#PROFILAKTIKA👇👇

O’z vaqtida mahalliy yiringli yaralarni davolash, shikastlangan joylarni o’z vaqtida dezinfeksiyalash.

Kasalliklar
SEPSIS HAQIDA BATAFSIL