SEPIOLIT

SEPIOLIT

SEPIOLITsilikatlar sinfiga mansub gilli mineral. Murakkab zanjirli, qatqat strukturali. Kimyoviy formulasi Mg4[Si6Ols]6H2O. Baʼzan Mg ioni Fe2+, Fe3+, Ni, Al, Cu ionlari b-n almashadi va u holda ferrisepiolit, alyumosepiolit, nikelsepiolit va b. nomlar bilan yuritiladi. Qattikligi 2—3; zichligi 2,1—2,2 g/sm3. Ipaksimon, mumsimon yaltiraydi. Rombik sistemada kristallanadi. Undan tashqari zich yoki gʻovak, juda yengil agregatlar («dengiz koʻpigi») shaklida ham uchraydi. Aridli va yarimaridli iqlim sharoitida tuproqda, dengiz va b. shoʻr suvli havzalarda, gilli karbonatlardan tarkib topgan choʻkindi jinslarda hamda serpentinitlarni yemirilishidan hosil boʻladi. Nikelga boy Sepiolit turlari silikatli nikel rudalari tarkibiga kiradi. Oʻzbekistonda keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
SEPIOLIT