SEPARATIZM

SEPARATIZM

SEPARATIZM (frans. separatisme — ajratilgan) — ajralishga, alohidalikka intilish; davlatning bir semiki milliy, diniy, etnografik, siyosiy, iqtisodiy sabablarga koʻra, ajratib olib yangi davlat tuzilmasi tuzish yoki mamlakatning bir qismini muxtoriyatga aylantirish harakati. Separatizmning kuchayishi yoki pasayishi tashki va ichki omillarga bogʻliq boʻladi. Mamlakat hududida har bir millat, elat, xalqning manfaatidan kelib chiqib siyosat yuritilsa, ularning har tomonlama rivojlanishi, oʻzini shu mamlakatning teng huquqli fuqarosi sifatida his qilishi uchun huquqiy, siyosiy, iqtisodiy shartsharoitlar yaratilgan boʻlsa, Separatizmga oʻrin qolmaydi va aksincha. Koʻpincha ichki sabablarni kuchaytiruvchi, gijgijlovchi, oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanuvchi kuchlar Separatizmning paydo boʻlishi va kuchayishiga olib keladi.

Ensiklopediya.uz
SEPARATIZM