SEO qutqaruvchi emas
Saytga trafik qancha ko’p bo’lsa shuncha sotuv ko’p bo’ladi, buning uchun saytga trafik ko’paytirish yo’llaridan foydalanish kerak.
Hozirda saytga trafik ko’paytirishni har xil yo’llari bor, man o’zim ancha yildan beri shug’illanib keladiganim SEO.
To’g’ri SEO ko’p vaqt talab qiladi, lekin SEO qilmasangiz ham shu vaqt o’tib ketadi, katta natijalar uchun hamma yo’lidan foydalanish kerak.
Biznes organik o’sishni davom etsa yaxshi baholanadi, doim pul bilan o’sish qimmatga tushishi mumkin.
Barcha yo’nalish uchun SEO to’g’ri kelmasligi mumkin, biron ish qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishni tavsiya qilaman.
SEO natija berishi uchun kutish kerak, bu pul bilan qilinadigan ish bo’lmaganligi sabab natijasi 1 kunda ko’rinmaydi, ko’p biznes egalari tushunishmaganligi sababli hamkorlikni tez tugatish holati bo’ladi.
Kutish qancha davom etadi? Loyiha bo’yicha raqobat qanchalik ko’pligiga va saytni holatiga qarab vaqt ko’p yoki kamroq bo’lishi mumkin.
Yana bir bor eslataman, SEO cho’kayotgan kemani qutqarmaydi!
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Dasturlash, Google Business, Koperayting, SEO haqida, Shaxsiy fikrlar, Sun’iy intellekt, Uzum market
SEO qutqaruvchi emas