SENTRIFUGA
SENTRIFUGA (rus. sentr — markaz va lot. fuga — qochish) — bir jinsli boʻlmagan birikmalar — suspenziyalar, emulsiyalar, shlamlar (kukunsimon togʻ jinslari) va b. ni markazdan qochma kuch taʼsirida tarkibiy qismlarga ajratuvchi apparat. Asosiy qismi oʻz oʻqi atrofida katta tezlikda aylanib turuvchi rotor (baraban) hisoblanadi. Ish prinsipiga koʻra, Sentrifuga tindiruvchi va suzuvchi (filtrlovchi) turlarga boʻlinadi. Tindiruvchi Sentrifuga suyultirilgan suspenziyalardagi suyuq fazani tindirish va konsentratsiyalangan suspenziyalardagi qattiq fazani choʻktirish uchun ishlatiladi. Suzuvchi Sentrifuga tarkibida suyuq fazasi kam boʻlgan suspenziyalar va shlamlardan qattiq fazani suzib (ajratib) olish uchun ishlatiladi. Tuzilishiga koʻra, Sentrifuganing yaxlit rotorli va teshik-teshik (perforatsiyalangan) rotorli turlari boʻladi. Keyingisiga suzuvchi material krplanadi. Sentrifuga yana uzluksiz ishlay-digan va davriy ishlaydigan xillarga ham boʻlinadi. Yuqori dispersli sistemalar va yuqori molekulyar birikmalar (mas, oqsillar) ni tadqiq qilishda ultratsentrifugalash apparatlaridan foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
SENTRIFUGA