SENT
SENT Dyordi (Szent Gyorgyi) Albert (1893.16.9, Budapesht — 1986) amerikalik biokimyogar (millati venger), tibbiyot (1917-y. dan) va falsafa d-ri (1927-y. dan). AQSH milliy FA (1956-y. dan) va Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1957-y. dan). Budapesht un-tini tugatgan. 1922—26 y. larda Niderlandiyada, keyinchalik Buyuk Britaniyada (Kembrij un-tida) ishlagan. 1930-y. Vengriyaga kaytgan; Seged (1931—45) va Budapesht un-ti (1945 — 47) prof. 1947-y. dan AQSH dengizbiol. lab. va muskullarni oʻrganish in-ti xodimi. Ilmiy faoliyati biologik oksidlanish jarayoni, toʻqimalarning nafas olishi, muskul tarkibidagi oqsillar (aktin va miozin) ni oʻrganishga oid. Muskullar qisqarishining molekulyar mexanizmiga oid nazariyalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1937).
Ensiklopediya.uz
SENT