SENEGAL

SENEGAL

SENEGAL — Gʻarbiy Afrikadagi daryo, Gvineya, Mali, Senegal, Mavritaniya hududlaridan oqadi. Uzunligi Bafing irmogʻidan boshlab 1430 km, havzasining mayd. 441 ming km2. Yuqori qismida serostona, sharshara koʻp. Quyi qismida tekislikdan oqadi va Atlantika okeaniga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 1500 m3/sek., sent. oyida suvi koʻpayadi. Sugʻorishda foydalaniladi. GESlar qurilgan. Baliq ovlanadi. Kayes sh. gacha kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Kayes (Mali), Podor. Matam, Bakel (Senegal) va SenLui porti.

Ensiklopediya.uz
Senegal