Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisi 22 iyun kuni boʻlib oʻtadi
Majlisda “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston – Qozogʻiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar va boshqalar koʻrib chiqiladi.
Videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladigan yalpi majlisda qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Ular orasida quyidagi qonunlar bor:
- “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”;
- “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”;
- “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”;
- “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”;
- “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”;
- “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”;
- “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston – Qozogʻiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2022 yil 22 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”;
- “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy-teхnikaviy sohada hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Islomobod, 2022 yil 3 mart) ratifikatsiya qilish haqida”.
Bundan tashqari, yalpi majlisda Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning хavfsizligini ta’minlash choralari yuzasidan Madaniy meros agentligiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalarini ham koʻrib chiqish rejalashtirilgan.
Savollarga javoblar
Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisi 22 iyun kuni boʻlib oʻtadi
manba:norma.uz