Senatning navbatdagi yalpi majlisi 1 iyunda boʻlib oʻtadi

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 1 iyunda boʻlib oʻtadi

senatning navbatdagi yalpi majlisi 1 iyunda bocabblib ocabbtadi 660b798de284e scaledMajlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladi, bir qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

 

Ular jumlasida quyidagi qonunlar bor:

  • “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaхshilashga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”;
  • “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”;
  • “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”.

 

Shuningdek, senatorlar Markaziy bankning 2022 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi.

 

Savollarga javoblar
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 1 iyunda boʻlib oʻtadi

manba:norma.uz