SENADEKSIN tabletkasi
Tabletkalar. Xar bir tabletka saqlaydi: ⤵⤵ ▶Faol modda: 20% kalsiy sennoizidlari – 70 mg. Surgi vositasi. Ichni yumshatuvchi. Qabziyatda qabul qilinadi. Preparatni ichilgandan 8-10 soatdan keyin ich keltiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Preparatni bu xususiyati, yoʻgʻon ichak retseptorlariga taʼsiri natijasida ichak peristaltikasini kuchaytirishi bilan belgilanadi. Chambarak ichakka tanlab taʼsir koʻrsatadi, ichakni meʼyoriy faoliyatini tiklaydi, preparatga oʻrganib qolish holatlari uchramaydi va ovqatni hazm qilishga taʼsir koʻrsatmaydi. Preparatni taʼsir etuvchi moddalari qisman ingichka ichakda soʻriladi va yoʻgʻon ichakda ajralib chiqadi, bir qismi esa bakteriyalar taʼsiri natijasida aynan yoʻgʻon ichakda ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqib ketadi. Senadeksin turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlarda, shu jumladan yoʻgʻon ichak peristaltikasini susayishiga va gipotoniyasiga qoʻllaniladi. Ich kelishini tartibga solish maqsadida gemorroyda, proktitda va orqa teshik yoriqlari kasalliklarida tavsiya etiladi. Senadeksin ichga kechki ovqatdan keyin odatda 1 tabletkadan ichiladi. Taʼsiri sezilmasa bir necha kundan soʻng bir martalik dozasini 2-3 tabletkagacha oshirish mumkin. Preparat qabul qilingandan soʻng meteorizm, qorinda sanchiqsimon ogʻriq va ich surish holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda dozasini kamaytirish yoki davolashni toʻxtatish lozim boʻladi. Uzoq vaqt qoʻllanganda, ayniqsa katta dozalarda, elektrolitlarni yoʻqolishi asosan, kaliy, albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni toʻplanishi va muskullararo bogʻlanishlarni buzilishi holatlari kuzatilishi mumkin. Spastik kolitda, koʻrichakda, ichakni bekilib qolishida, sababi noaniq qorindagi ogʻriqlarda, suv va elektrolit almashinuvi buzilishida, jaroxatlangan churra, qorin boʻshligʻi aʼzolarini oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarida, peritonitda, meʼda-ichak yoʻlidan va bachadondan qon ketishi holatlarida, sistitda, qoʻllanilmaydi. Senadeksinning katta dozalarini uzoq vaqt qabul qilish yurak glikozidlari taʼsirini kuchaytiradi va gipokaliyemiya rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan antiaritmik preparatlarga taʼsir qiladi. Tiazid diuretiklar, glyukokortikoidlar, qizil miya ildizi preparatlari bilan birga qabul qilganda gipokaliyemiya xavfi oshadi. Tetratsiklin qatoridagi antibiotiklar absorbsiyasi buziladi. ▶Jigar va buyrak kasalliklarida, homiladorlikda va emizikli davrida ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi. Baʼzan senadeksin qabul qilinganda siydikni rangi oʻzgarishi mumkin, buni klinik ahamiyati yoʻq ( Xavfsiz xolat , xavotirga o’rin yo’q ). ▶Homiladorlikda senadeksin preparatini qabul qilgandagi xavfsizligi isbotlanmagan. Qorinda ogʻriq, diareya, ichaklar spazmini rivojlanish xavfi boʻlgani uchun buyurish tavsiya etilmaydi. ❌Homiladorlik davrida qabul qilish mumkin emas . ?NARXI — 10 donasi 1500 so’m. @FARMAKOLOGIYA_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,,ТАБЛЕТКА » kanali SENADEKSIN tabletkasi
DO`STLARGA ULASHING:
Senadeksin tabletka
#Сенадексин таблетка
?DORI SHAKLI : ?
?TARKIBI ?
?TA’SIRIGA KO’RA ?
?PREPARATNI TA’SIR QILISH MEXANIZMI ?
?QO’LLANILISHI ?
?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?
?NOJO’YA TA’SIRI ?
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?
?DORILARNING O’ZARO TA’SIRI ?
?ADMIN MASLAHATI ?
SENADEKSIN tabletkasi