SENA

SENA

SENA — Fransiyadagi daryo. Uz. 776 km, havzasining mayd. 78,6 ming km2. Parij havzasi tekisligidan oqib oʻtib, LaMansh boʻgʻozining Sena buxtasiga quyiladi. Asosiy irmoklari: Marna, Uaza. Oʻrtacha suv sarfi 450 m3/sek., qishda suvi koʻpayadi. Trua sh. dan boshlab kema qatnaydi. Kanallar orqali Shelda, Maas, Reyn, Sona, Luara daryolari bilan bogʻlangan. S. Fransiyaning eng muhim suv yoʻli. Sena boʻyida Parij, Ruan sh. lari joylashgan. Estuariysida Gavr dengiz porti bor.

Ensiklopediya.uz
SENA