SEN-LUI

SEN-LUI

SEN-LUI — Senegalning shim. gʻarbiy qismidagi shahar. SenLui viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 132,5 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Senegal daryosining Atlantika okeaniga quyilish yeridagi port. Savdotaqsimot markazi. Baliq ovlanadi. Oziqovqat, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Kustar usulda turli buyumlar tayyorlanadi. un-t bor. Shaharga 1659-y. da asos solingan. 1958-y. gacha Senegal va ayni vaqtda Mavritaniyaning maʼmuriy markazi boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
SEN-LUI