Semirmoqchi bo‘lganlarga tavsiyalar to’liq malumot oling
Semirmoqchi bo‘lganlarga tavsiyalar
✓ Tez-tez taomlaning. 2–3 mahal yegandan 5–6 mahal yeyish samaraliroq.
✓ Taomlanishdan avval suyuqlik ichmang! Bu ishtahani «bug‘adi».
✓ Tarkibida boy ozuqalarga ega mahsulotlarni iste’mol qiling.
✓ Taomga qo‘shimcha kaloriyali mahsulotlar qo‘shing. Masalan, tuxumga pishloq, kofega quruq sut.
✓ Taomlanishlar orasida tamaddi qilib turing. Quruq mevalar bu borada juda yaxshi «perekus».
✓ Desertga shirinliklar, mevalar yeb turishni kanda qilmang. Lekin unutmang, ovqatdan keyin 2 soat vaqt o‘tsin.
✓ Katta tarelka va idishlardan foydalaning.
✓ Trenajyor zallariga yoziling va qatnashing (erkaklar uchun). Sababi og‘ir jismoniy mashqlar vaznga vazn qo‘shadi va qomatni chiroyli shakllantiradi.
✓ Bir sutkada kamida 7-8 soat uxlang.
✓ Bir kunlik extiyojdagi kaloriyaga yana 500 kkal qo‘shimcha qabul qiling.
✓ Ko‘proq oqsilga boy mahsulotlar iste’mol qiling.
✓ Uxlashdan oldin tvorog, yogurt yoki boshqa sut va sut mahsulotlarini iste’mol qiling.
✓ Faqat yeyish yo‘li bilan semirish juda qiyin yoki keraksiz joylarga yog‘ yig‘ilib qomatni buzadi. Shuning uchun jismoniy mashq albatta qilinishi kerak.
✓ Vitamin «S» ni kunda qabul qiling. Bu vitamin ishtahani ochadi, organizmga tushgan nutriyentlarni a’zolar bo‘ylab to‘g‘ri taqsimlanishiga yordam beradi.
👉 @ilmi_taom
Boshqa mavzular
Semirmoqchi bo‘lganlarga tavsiyalar