Semirish uchun nima qilsam boʻladi
Assalomu alaykum mening yoshim 32 da og’irligim 10 yildan oshdi bir xilda 52-55kg. Menda pakana gijja (карликовый цепен) bor ekan, davolanip kurdim, ammo foydasi boʻlmayapti. Gijjalar organizmda yana paydo boʻlib eski ahvol… Xullas men semirishni xohlayman nima qilsam boʻladi. Iltimos tabiiy yoʻl yoki meditsina boʻyicha maslahat bering! Oldindan raxmat. Semirish uchun avvalo gijjalardan xalos bo’lish lozim. Quyidagi maqolada tegishli tavsiyalar keltirib o’tilgan: Saytimizning bugungi mavzusi sifatida aynan shu mavzuni, ya’ni samarali hamda zararsiz semirish qoidalari mavzusini tanladik. Keling, semirish to‘g‘risida bir suhbatlashsak. Ozg‘inlik, asosan, tanamiz mushaklaridagi oqsil massasining kamayishi hisobiga kelib chiqadigan holatdir. Tanamiz sarflayotgan energiyaning o‘rnini iste’mol qilayotgan ozuqamiz parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya to‘ldira olmasa, enerergiya a’zolarning to‘qima va hujayralar tarkibidagi zahira uglevodlar hisobiga hosil bo‘ladi. Agar, bu ham energiya sarfini to‘ldira olmasa, tanamizdagi yog‘ hamda oqsillar ham energiya hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. O‘z – o‘zidan ma’lumki, bunday holatda odamda ozish, holsizlanish holati yuzaga keladi. Tanamizga energiya yetishmasdan u zarur energiyani hujayralarning yog‘ va oqsillari parchalanishidan olsa, organizmda juda katta salbiy o‘zgarishlarga olib keladi: Bu holatlarning barchasi sizda kuzatilmayapdimi? Demak, tanangiz energiya olishning oxirgi manbalariga hali o‘tmagan. Ya’ni, yog‘ va oqsillarning parchalanishi boshlanmagan. Agar, odam bolalaikdan ozg‘in bo‘lsa, bu holar xavfli emas. Ammo, nimadir sabab bo‘lib tezda, oyiga 3-4 kgdan ozish hayot uchun xavfli. Hamda yuqorida sanab o‘tgan belgilar aynan tezlik bilan ozayotgan odamlarda kuzatiladi. “Ozg‘inlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?” – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Lekin, sababini sanaydigan bo‘lsak sanoq anchaga cho‘ziladi. Shuning uchun sizga eng asosiy sabablarini aytsam. Boshqa sabablari esa asosiy sabablar oqibatida yuzaga keladi. Mundarija [Yopish] Oshqozon-ichak tizimidagi turli yallig‘lanishlar (gastrit, enterit), ichaklar harakatining sustlashuvi, hazm bezlari ( jigar, oshqozonosti bezi ) faoliyatining buzilishi, o‘t suyuqligi tarkibining o‘zgarishi, oshqozon-ichak devorlarida turli to‘siqlarning hosil bo‘lishi ovqatning to‘la hazm bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Va organizm hujayralardagi qo‘shimcha moddalardan foydalanishiga olib keladi. Bu holatni hamma bilsa kerak. Parazitlar siz iste’mol qilgan ozuqadan foydalanib o‘z hayotini olib boradi. Bu esa tanamiz uchun zarur bo‘lgan moddalarning hujayralarga so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi hamda energiya sarfi avval aytganimizdek, hujayradagi yog‘, oqsil parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya orqali qoplanadi. Ozg‘inmisiz?! Unda yuqorida aytib o‘tgan muammolarni yo‘qoting! Keyin semirish harakatini boshlang! Biz sizga jahon standartlariga mos, diyetologlar tavsiya etayotgan samarali semirish taomnomasini ham tuzib beramiz. Lekin, yuqoridagi muammolarni bartaraf etmasdan sifatli, ko‘p mahsulot yesangiz ham befoyda. U tanangizga “yuqmaydi”. Faqatgina, ko‘p va sifatli mahsulotlar bilan parazitlarni semirtirishingiz mumkin! Bu muammolarni qanday bartaraf etaman deyayapsizmi? Juda oson, gastroenterolog huzuriga boring. U birinchi sababni bartaraf etadi. Agar, muammo hazm tizimidagi o‘zgarishlardan bo‘lmasa, gelmentolog qabuliga boring. Gelmentolog esa sizni “yemirayotgan” parazitlardan ozod qiladi! Endigi maslahatlarni yuqoridagi muammolarni bartaf qilganingizdan so‘ng bajarishingizni tavsiya etamiz! Barcha biologik-tibbiy taomnomalar diyetologlar tavsiya etgan piramida asosida shakllantiriladi. Taomnomani piramida shaklida tavsiya qilishimizdan maqsad, tarkibidagi ozuqalar miqdori piramidaning asosidan uchiga tomon kamayib borishi kerakligidir.Semirish uchun nima qilsam boʻladi
DO`STLARGA ULASHING:
Semirishni istaysizmi?
Hazm tizimidagi turli o‘zgarishlar
Gelmentlarning (parazit chuvalchanglar) aktiv faoliyati
Kun tartibi
Semirish taomnomasi
Semirish uchun nima qilsam boʻladi, Semirishni istaysizmi?