SEMASIOLOGIYA
SEMASIOLOGIYA (yun. semasia — maʼno, mazmun va… logiya) — 1) tilning, til birliklarining hissiy idrok qilinadigan tomoniga, tovush, akustik yoki grafik koʻrinishiga qarshi qoʻyiladigan maʼnoviy tomonini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi. Semasiologiya nafaqat alohida olingan leksik unsurlar — morfema va soʻzlarning, balki grammatik unsurlar — soʻz shakllari, grammatik morfemalarning ham semantikaati oʻrganadi. Jahondagi barcha tillarni parallel oʻrganishda til va tafakkur munosabati muammosini oʻrganuvchi umumiy Semasiologiya kerak boʻladi;
Ensiklopediya.uz
SEMASIOLOGIYA