Seldereyning 8 foydali xususiyati to’liq malumot oling

Seldereyning 8 foydali xususiyati to’liq malumot oling

Ko‘pchilik insonlar seldereyning foydali xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumotga ega emas. Qadimda tibbiyotda mazkur o‘simlikdan qon bosimini tushirish maqsadida foydalanishgan. Zamonaviy tibbiyot esa, ushbu mahsulotning antioksidantlarga boyligi, yallig‘lanishga qarshi, qon bosimini hamda qondagi xolesterinni me’yorlashtiruvchi vosita ekanligini, yurak-qon tomir kasalliklarida ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.

seldereyning 8 foydali xususiyati 1

Bu mo‘jizakor ko‘katni iste’mol qilishingiz uchun Sizga 10 sababni havola etamiz.

Yallig‘lanishga qarshi vosita. Agar tizza bo‘g‘imida yallig‘lanish kuzatilsa, mazkur mahsulot sizga yaqindan yordam beradi. Uning tarkibi polifenol va antioksidantlarga boy. Bundan tashqari astma xastaligida ham selderey yaqindan ko‘mak bera oladi.
Organizmni zararli xolesterinlardan xalos etadi. Selderey tarkibi butilftalid boyligi bilan alohida ahamiyatli. U zararli xolesterinlardan organizmni bartaraf qiladi.
Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Uning tarkibidagi yetarli miqdordagi suv va erimaydigan klechatkalar ovqat hazm bo‘lishiga yaqindan ko‘mak beradi. U organizmlarni xiltlardan tozalovchi va peshob haydovchi xususiyatga ega.
Qon bosimini tushiradi. O‘simlik tarkibidagi ftalidlar qon aylanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Ozishga ko‘maklashadi. Seldereyning bir dona bandi 10 kaloriyaga ega, qolgani esa suvdan iborat. U ochlikni bartaraf etadi, natijada esa ortiqcha vazn yig‘ilmaydi.
Ruhiy zo‘riqishni bartaraf etadi. 100 mg selderey tarkibi 11 mg magniyga ega. Bilamizki, magniy ruhiy zo‘riqishga qarshi vosita sanaladi. Mahsulotni doimiyravishda iste’mol qilish asab faoliyatiga ijobiy ta’sir etib, uyquni me’yorlashtiradi.
Organizmdagi ishqoriy muvozanatni tiklaydi. U organizmdagi pH.(ishqoriy daraja)ning sog‘lom muvozanatini me’yorida saqlaydi.
Saratondan himoyalaydi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, u ko‘krak saratonini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, me’da osti bezi va yo‘g‘on ichakdagi saraton hujayralari o‘sishini to‘xtatadi.

Xurshida Husenova

soglom.uz/tavsiya/seldereyning-8-foydali-xususiyati/

Foydali Maslahatlar
Seldereyning 8 foydali xususiyati