SEL OMBORI

SEL OMBORI

SEL OMBORI, selxona, sel saqlagich — sel oqimlarini tartibga solish va hududni sel vayrongarchiligidan muhofaza qilish uchun moʻljallangan gidrotexnika inshooti; seddan himoya vositalarining asosiy turi. Sel ombori aksariyat soy oʻzanlarini toʻgʻon bilan toʻsib barpo qilinadi. Toʻgʻonlar tuproq, qumloqi va shagʻalli toshtuproqlar, temirbeton konstruksiyalar va b. dan quriladi. Kichik So. sigʻimi ming va oʻn ming m3, kattalariniki esa bir necha mln. m3 boʻlishi mumkin. So. sel oqimlarini tutib qoladi, tosh va loyqani choʻktiradi, tingan suvni maxsus suv chiqargich orqali tashlama tarmoqqa oʻtkazib yuboradi. Suv chiqargichlar (ochiq yoki yopiq) avtomatika bilan jihozlanib, loyqalik darajasi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, suvni oʻtkazib yuborishni taʼminlaydi.

Ensiklopediya.uz
SEL OMBORI