SEGED

SEGED

SEGED — Vengriyaning jan. qismidagi shahar. Chongrad medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 166,1 ming kishi (1997). Tisa daryosi boʻyidagi port. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazlaridan. Yirik oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, yogʻochsozlik, koʻnpoyabzal, mashinasozlik sanoati korxonalari, rezinatexnika buyumlari z-di mavjud. un-t, FAning Biologiya inti, muzey va teatrlar bor. 13 — 16-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Seged yaqinida neft va gaz konlari topilgan.

Ensiklopediya.uz
SEGED