Sedananing siri nimada? haqida malumot
Sedana o‘zbek oshxonasidan muqim urin egallagan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Nonu patirlar, somsalarni usiz tasavvur qilish mushkul. Buni qarangki, sedana hamir taomlarning hazm bo‘lishiga ko‘maklashar ekan. Demak, ota-bobolarimiz ushbu «qora donchalar»ning xususiyatini burungi zamonlardayoq bilishgan.
Sedana bo‘yi 70 santimetrga boradigan bir yillik o‘simlikdir. May-iyun oylarida gullaydi, urug‘lari iyul-avgustda yetiladi. Sedana mevasi pishib yetilishiga yaqin qolganda o‘rib olinadi. Uni yaxshilab quritib, yanchib, urug‘lari elakdan o‘tkaziladi va quruq joylarda saqlanadi. Urug‘i tarkibida oqsil, yog‘lar, uglevodlar, B va C vitaminlari hamda boshqa foydali moddalar bor.
Sedana Sharq xalqlari tabobatida qadimdan ishlatib kelinadi. Abu Ali ibn Sino sedana bilan ayrim ko‘z kasalliklarini davolagan, shuningdek, undan gijja haydovchi, gazandalar zahrini kesuvchi va kishini tinchlantiruvchi omil sifatida ham foydalangan. Sedana me’da og‘riqlarida ham tavsiya etiladi. Xalq tabobatida sedana urug‘lari asosida tayyorlangan damlama tish og‘rig‘ini qoldirishda foydali hisoblanadi.
Olimlardan Muhyiddin al-Arabiy aytadi: «Amaldorlardan biri juzom (moxov) kasaliga duchor bo‘lgan edi. Tabiblar uning dardiga chora yupolmay, bu dardga davo yo‘q, deyishdi. Iymoni mustahkam, sunnatga komil ixlos qo‘ygan bir kishi Payg‘ambar alayhissalomning «Sedana barcha dardlarga shifodir», degan hadislarini dalil o‘laroq keltirib,tabiblarpiig so‘zlarini inkor qildi. U sedana va asalni qo‘shib, dori tayyorladi va bemorni muolaja qila boshladi. Tabiblar amaldorning tez shifo topganiga hayratda qolishdi».
Zamonaviy tibbiyotda sedananing immunitetni ko‘tarish xususiyati borligi aniqlangan. U gijja, ayollardagi og‘riqli va anormal hayz sikli, nafas yo‘llari, bo‘yrak, jigar, asab tizimi, oshqozon va ko‘z kasalliklari, bosh va tish og‘rig‘ini davolashda ishlatiladi.
Sedana bilan muolajalar
— Ibn Sino tavsiyasiga ko‘ra, sedana va asaldan tayyorlangan damlama buyrak va peshob yo‘llaridagi toshni maydalaydigan doriga aylanadi. Damlama tayyorlash uchun yarim litrli choynakka bir choy qoshiqdagi qora yoki ko‘k choy solib, ustiga 25-35 dona sedana tashlanadi, qaynoq suv quyilgach, olovda 3-4 daqiqa dam yediriladi. So‘ng shirinliklar bilan iste’mol qilinadi, agar asal bilan ichilsa, shifobaxshligi yanada kuchayadi.
— Qorin dam bo‘lishiga qarshi yoki ichak yo‘llarini tozalash uchun sedana damlamasi eng yaxshi shifodir. Damlamani tayyorlash uchun yarim litrli choynakka 20-25 dona sedana solib, olovda dam yediriladi. Damlamani shirinlik, ayniqsa, asal bilan ichish tavsiya etiladi.
— Sedana damlamasi ovqat hazmini yaxshilashga ham yordam beradi. Bunday damlamani tayyorlash uchun yarim litrli choynakka ozgina qora choy solib, so‘ng 20-25 dona sedana tashlaysiz. Ustidan qaynoq suv quyib, olovda 3-4 daqiqa dam yediriladi. Choyga o‘xshatib ichiladi.
— Odam tumov bo‘lganida ham sedanali choy ichish yaxshi foyda qiladi.
— Immunitetni kuchaytirish uchun sedanani yanchib, asalga aralashtiriladi va har kuni nahorga no‘xatday miqdordagisi iste’mol qilinadi.
© Tib.uz nashri
Kasalliklar
Sedananing siri nimada?