SEARA

SEARA

SEARA — Braziliyaning shim. sharkiy qismidagi shtat. Mayd. 146,3 ming km2. Axoliyey 7,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Fortaleza sh. Shim. da Atlantika okeani sohil boʻyi pasttekisligiga oʻtib boruvchi Braziliya yassitogʻligining shim. sharqiy yon bagʻirlarida (bal. 300— 600 m) joylashgan. Iqlimi subekvatorial iqlim, oʻrtacha t-rasi yanv. da 27°, iyulda 25°. Yillik yogʻin 1000—1300 mm. Oʻrmonlar, savannalar, dare vodiylarida palmazorlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — q. x. va oʻrmon xoʻjaligi. Asosan, paxta, banan, shakarkamish, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, kofe, tamaki, sitrus mevalar yetishtiriladi. Ichki hududlarda ekstensiv chorvachilik, shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. Seara karnaub palmasi tolasi tayyorlash, keshyu yongʻogʻi, kauchuk yigʻish boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Gips, kurilish shagʻallari, magnezit, dengizdan tuz olinadi. Asosiy portlari: Fortaleza, Mukuripi, Arakati.

Ensiklopediya.uz
SEARA