Scrum-ning asosiy g’oyalari

Scrum-ning asosiy g’oyalari

Scrum — bu murakkab mahsulotlarni ishlab chiqish, etkazib berish va saqlash uchun engil, iterativ va tizim hisoblanadi. Scrum qo’llanmasini yozib chiqqan Ken Shvaber va Jeff Sazerlendning fikriga ko’ra, Scrum quyidagicha ta’riflanadi: «Odamlar eng yuqori darajaga ega mahsulotlarni ijodiy yondashish orqali undagi murakkab muammolarni hal qilishlari mumkin bo’lgan tizim (ramka)».

Scrum empirizmga asoslanadi, unda bilim tajriba va kuzatishlar asosida qaror qabul qilish kelib chiqadi. Scrum muammoni to’liq tushunish yoki oldindan belgilash mumkin emasligini tan oladi. Shu sababli, metodologiya jamoaning vazifalarni tezda bajarish, paydo bo’ladigan talablarga javob berish va o’zgaruvchan sharoitlarga moslashish qobiliyatini maksimal darajada oshirishga qaratilgan.

Scrum bosqichma-bosqich yondashuvdan foydalanadi bunda resurslar yo’qotilishi xavfi olinishi va vaqt tejash kabi plyuslar bor. Scrum ishni bajarish yoki kerak bo’lganda ushbu ko’nikmalarni egallash uchun barcha ko’nikma va tajribaga ega bo’lgan odamlar guruhlarini o’ziga jalb qiladi.

Scrum-dan muvaffaqiyatli foydalanish jamoa a’zolarining beshta qadriyatga qanday mos kelishiga bog’liq:

  • majburiyat: jamoa a’zolari har bir sprintda o’z jamoasining maqsadlariga erishish uchun individual ravishda majburiyat oladilar;
  • jasorat: jamoa a’zolari mojarolar va qiyinchiliklarni birgalikda yengish uchun yetarli jasoratga ega ekanligini bilishlari kerak;
  • e’tibor: jamoa a’zolari faqat o’zlarining jamoa maqsadlari va sprintdagi topshiriqlariga, narsalarga e’tibor berishadi;
  • ochiqlik: jamoa a’zolari va manfaatdor tomonlar o’z ishlari va ular duch keladigan har qanday muammolar haqida shaffof bo’lishga rozi;
  • hurmat: Jamoa a’zolari yaxshi niyat bilan ishlash uchun bir-birlarini hurmat qilishadi.

Tajribali jarayonni boshqarish Scrumning uchta ustunini tashkil etuvchi uchta sifatga tayanadi.

Shaffoflik

Scrum jamoasi a’zolari loyihaning manfaatdor tomonlari loyihaga nisbatan bir xil qarashlarga ega bo’lishlari va loyihaning joriy muammolari va holatini tushunishlari uchun samarali hamkorlik qilishlari kerak.

Nazorat

Scrum loyihalariga iterativ va bosqichma-bosqich yondashuv ishlab chiqish guruhi a’zolarini ishini tez-tez kuzatish, xatolarni tekshirish va loyiha talablaridan chiquvchi og’ishlarni aniqlash uchun , nazorat o’rnatadi.

Nazorat sizga moslashishga imkon beradi. Moslashuvsiz nazorat ma’nosiz hisoblanadi. Scrum tamoyilari o’zgarishlarni (o’sishlarni) rag’batlantirish uchun mo’ljallangan.

Moslashuv

Agar jarayonning har qanday jihatlari tolerantlikdan tashqarida bo’lsa yoki natijada olingan mahsulot qabul qilinishi mumkin bo’lmasa, ishlatiladigan jarayon yoki ishlab chiqarilgan materiallar sozlanishi kerak (natijani yaxshilash uchun). Keyinchalik loyiha yo’lidan og’ishlarni kamaytirish uchun moslashish imkon qadar tezroq amalga oshirilishi kerak.

Scrum loyiha bitguniga qadar uni tez va qisqa fursatda yuqori darajada yakunlash uchun (har bir sprintni ham) moslashuvchanlikni batamom yoqlaydi. Bundan kelib chiqadiki sprintlarda bo’lingan guruhlar ham moslashuvchan bo’lishlari kerak.

Qisqa qilib aytganda Scrum sizga loyihangizni tez va samarali tarzda qanday qilib yuqorida darajada yakunlashingiz mumkinlgini o’rgatadi.

Undagi tamoyillar , tizim , asoslari sizni ish vaqtingizda muammolarini bo’laklarga bo’lib qo’l ostingizdagi ishchilarigizdan samarali foydalanish imkonini beradi.

Shuni ta’kidlash joizki Scrum bu ish jarayoniga ijodiy va effektiv yondashish demakdir. Ish jarayonida qancha ko’p ishchi bo’lsa ularni barchalari aynan shu tizimga amal qilishlarigina Scrumning 100% lik foyda koefitsientini beradi . Aks holda ko’p vaqt va ko’p ishchi kuchi sarflashdan boshingiz chiqmaydi. IT loyihalardagini Scrum qo’l keladimi ? Yo’q! Siz uni har qanday loyihangizda sinab ko’rishingi mumkin bo’ladi.

Umumiy Dasturlash
Scrum-ning asosiy g’oyalari