SAYYORALARNING YOʻLDOSHLARI
SAYYORALARNING YOʻLDOSHLARI — sayyoralarning tortish kuchi taʼsirida ularning atrofida aylanuvchi kosmik jismlar. Yerning 1 ta (Oy), Marsning 2 ta, Yupiterning 16 ta, Saturnning 17 ta, Urannit 15 ta, Neptunning 2 ta va Plutonning 1 ta yoʻldoshi bor. Merkuriy, Veneraning yoʻldoshlari topilmagan. Sayyoralarning yoʻldoshlari kashf etilish vaqtiga qarab ular rim rakamlari b-n belgilangan. Yupiterning eng yirik va yorugʻ yoʻldoshlari Io, Yevropa, Ganimed, Kallistolar 1610-y. Galiley tomonidan kashf etilgan.
Ensiklopediya.uz
SAYYORALARNING YOʻLDOSHLARI