Saytlar savdosining O’zbekistondagi kelajagi

Saytlar savdosining O’zbekistondagi kelajagi

Saytlar savdosining O’zbekistondagi kelajagi

Bir domenni harid qilib, uni bir yil davomida mashxur saytga aylantirib, keyingi yil tashrif buyuruvchilar soni ko’p bo’lgan saytni kimgadir sotish haqida o’ylab ko’rganmisiz? Saytlar savdosi O’zbekiston internetining yaqin kelajagidagi eng katta burulishlaridan biri bo’ladi. Juda ko’pchilik o’z saytini sotish uchun e’lon bera boshlaydi va tayyor saytlarni harid qilishni xohlovchilar ham ko’pchilikni tashkil etadigan bo’ladi.

Bugungi kunda saytlar savdosi xorijda juda yaxshi rivojlangan. Alexa.com kabi tizimlarda saytingizning tahminiy narxini bilib, uni maxsus saytlar savdosi bilan shug’ullanuvchi saytlarda sotuvga chiqarishingiz mumkin. Saytlarning bunday narxlash va sotish tizimlari yaqin kelajakda milliy tarmog’imizda ham albatta yaratiladi.

O’tgan yili bir mashxur saytni yurituvchi jamoa a’zolaridan biri menga qo’ng’iroq qilib «Azamat.uz domenini sotmaysizmi?» deb so’ragandi. Shunda domenimning boshqalar tomonidan qanday baholanishini bilish maqsadida u kishidan narx taklif qilishni so’radim. «O’zingiz bu domenni 25 000 so’mga olgansizku, 50 000 so’mga sotarsiz?«, degan taklifini eshitib rostdan ham hali O’zbekistonda saytlarning ma’lumot qiymati umuman hisobga olinmas ekan, degan qarorga kelgandim.

Rostdan ham O’zbekistonda hamma domenni 25 000 so’m atrofidagi arzon narxga harid qiladi. Bu domen arzimas pulga sotib olingan bo’lsa ham, u asosida ishlaydigan saytga tashrif buyuruvchilar soni, saytdagi ma’lumotlarning qiymati sayt narxsining bir necha yuz yoki ming barobar yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Bugungi kunga O’zbekistondagi eng mashxur saytlar hisoblanmish Uff.uz, Kun.uz, Daryo.uz kabi saytlar domenlari ham boshlanishida 25 ming so’mga harid qilingan. Lekin hozirda bu saytlarning qiymati bir necha ming dollar bilan o’lchanishga arziydi.

Agar saytlar savdosi bilan shug’ullanmoqchi, bir saytni rivojlantirib, maromiga yetkazgandan so’ng uni sotmoqchi bo’lsangiz, hozircha Sizda imkoniyat va vaqt bor: o’zingiz tanlagan mavzuda blog yoki sayt oching va uni imkon qadar rivojlantiring. Bir necha yillardan so’ng O’zbekistonda albatta saytlar savdosi sayti tashkil etiladi. Shunda saytingizni arzirli narxda sotishingiz mumkin bo’ladi.

Saytning sotilish (aniqrog’i, bir kishining nomidan ikkinchi kishiga o’tkazilish) jarayoni oson: domen egasi bo’lgan kishi o’z nomidan qog’ozda ariza yozib, uni skaner qiladi va domenni ro’yxatga olish vaqtida ko’rsatgan email manzilidan registratorga xat yuboradi. Registrator arizada ko’rsatilgan domenni egasi so’ragan kishi nomiga bir necha kunda o’tkazib beradi. Hosting esa muammo emas: sayt fayllarini FTP orqali bir hostdan boshqasiga bir necha daqiqada ko’chirib olish mumkin. Umuman olganda, saytning rasmiy egasini almashtirish juda osonlik bilan hal bo’ladigan masala hisoblanadi.

Xullas, bir necha yildan so’ng juda ommalashib, rivojlanishi tayin bo’lgan yo’nalishga hozirdan moslashishingiz foydadan holi bo’lmaydi. O’z rejangizga ko’ra boshqalarnikiga o’xshamaydigan saytga asos soling. Uni yuriting va minglab foydalanuvchilarni jalb qiling. Kelajakda Sizning saytingiz rivojlanib, eng qimmat baholanadigan saytlar ro’yxatiga kiritilishi mumkin. Uni sotish niyatingiz bo’lmagan taqdirda ham O’zbekistondagi eng yaxshi saytlardan biriga ega bo’lasiz. Har qanday holatda ham o’z saytingizni ochib, uni yurutishingiz kelajakda Siz uchun juda foydali bo’lishi mumkin.

Manba:

Moliya
Saytlar savdosining O’zbekistondagi kelajagi