Sayt va kanallar orqali reklama e’lon qilib pul topish halolmi?

Sayt va kanallar orqali reklama e’lon qilib pul topish halolmi?

Sayt va kanallar orqali reklama e’lon qilib pul topish halolmi?

DO`STLARGA ULASHING:

SAVOL:

Assalamu alaykum! Hozirda ko‘plab internet tarmoqlarida, telegramda kanallar mavjud. Bu kanallarga diniy nom qo‘yib olib va shunga munosib post tashlab yuritib kelayotgan kanallarda pullik reklama asosida topayotgan pullari ular uchun halol bo‘ladimi? Bir kanaldan ikkinchi kanalga o‘ting, yoki qiziqtirish maqsadida o‘zining kanallaridan pullik reklama orqali topilayotgan pullari va bu ishlari qanchalik to‘g‘ri? Shariatga muvofiq bo‘ladimi?

JAVOB:

Vaalaykum assalom. Agar sayt yoxud kanallarda fahsh suratlar, videolar, Alloh harom qilgan ichkiliklar, tamaki mahsulotlari va inson hayotiga havf soladigan narsalar reklama qilinmasa, sayt orqali reklama berib, pul topish joiz. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:

وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى وَلَا تَعَاوَنُوا عَلَى الْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

“Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilinglar, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmanglar! Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir” (Moida surasi, 2-oyat). Vallohu a’lam.

​Oʼzbekiston musulmonlari idorasi fatvo hayʼati.

fatvo.uz

Sayt va kanallar orqali reklama e’lon qilib pul topish halolmi?