Sayt sahifalari indeksatsiya bo’lganligi juda muhim

Sayt sahifalari indeksatsiya bo’lganligi juda muhim

Ko’pchiligim sayt ochib qo’yamiz va saytga materiallar joylab qo’ysak bo’ldi deb o’ylaymiz, aslida ham shu ishlarni qilishni o’zi yetadimi?

Aksincha sayt ochish va material joylash bilan ish tugab qolmaydi. Yangi ochilgan sahifalarni google va yandex indekslamasa qo’shgan materialingizni to’g’ridan to’g’ri saytingizga kirgan odam foydalanishi mumkin. Bu bilan siz yetarlicha trafikni yig’a olmaysiz, ochiqroq aytadigan bo’lsam shuncha qilgan ishingiz havoga uchib ketadi desam ham bo’ladi.

Nima qilish kerak deysizmi? yangi yaratilgan sahifalarni tezroq indekslashga harakat qiling, bu bilan siz vaqtdan yutasiz va raqobatchilaringizdan 1 qadam oldinda bo’lasiz, ishoning bu ishni uncha muncha odam qilmaydi.

Misol uchun copy paste qilingan sahifalarni man birinchi indekslashga erishsam ko’p holatda mani sahifam topda bo’ladi, qolgandan mandan ko’chirgan bo’lib qolaveradi. Demoqchimanki imkoniyatdan foydalanish kerak.

Nima deysizlar Google va Yandexda qanday qilinishi haqida video qo’llanma qilsam foydali bo’ladimi? 

Agar kerak bo’lsa reaksiya qoldirila shunga qarab vaqt ajrataman.

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring

Dasturlash, SEO haqida
Sayt sahifalari indeksatsiya bo’lganligi juda muhim