SAYIL

SAYIL

SAYIL — yilning maʼlum fasllarida oʻtkaziladigan sayillar, sayrtomoshalar. Sayillar odatda Navroʻz va diniy bayramlar (Roʻza va Qurbon hayitlari) da va yilning qulay paytlarida tashabbuskor kishilar tomonidan tashkil etilgan. S shaharlarda, registon maydonlarida, chorsu va rastalarda, shahar tashqarisidagi sayilgohlarda, shuningdek, qadamjolarda oʻtkazilib, bir ikki hafta davom etgan. Sayilgohlarda oshxona, choyxona, nonvoyxonalar qurilgan, mevacheva, attorlik, baqqollik doʻkonlari ochilgan. Poyga, uloq, koʻpkari, kurash, chavgon musobaqalari, darvoz, hofiz, sozanda, raqqos, masxaraboz, qiziqchilarning chiqishlari, ayiq, ilon oʻyinlari, tuya, qoʻchqor, xoʻroz, it urishtirish, mushakbozlik tomoshalari koʻrsatilgan.

Ensiklopediya.uz
SAYIL