SAXAROV Andrey Dmitriyevich

SAXAROV Andrey Dmitriyevich

SAXAROV Andrey Dmitriyevich (1921.21.5 Moskva 1989.20.12) rus nazariyotchi fizigi, jamoat arbobi, SSSR da vodorod bombasini yaratganlardan biri (1953), akad. (1953), 3-marta Mehnat Kdhramoni (1953, 1956, 1962). Moskva un-tini tugatgan (1942). SSSR FA ning P. N. Lebedev nomidagi Fizika in-tida ishlagan (1945-y. dan). Ilmiy ishlari magnit gidrodinamikasi, plazma fizikasi, boshqariladigan termoyadro sintezi, elementar zarralar, astrofizika, gravitatsiyaga oid. Boshqariladigan termoyadro reaksiyasini yuzaga keltirish uchun magnit maydonida qizigan plazmani qoʻllash gʻoyasini taklif etgan (I. Ye. Tamm b-n hamkorlikda). 50y. larning oxirida yadro qurollarini sinashni toʻxtatish kerakligi toʻgʻrisida faol ishtirok etgan. 60y. larning oxiri — 70y. larning boshida huquqni himoya qilish harakatining yetakchilaridan biri q(. Dissidentlar). S. «Taraqqiyot, tinchtotuv yashash va intellektual erkinlik toʻgʻrisida mulohazalar» (1968) asarida birbiriga qaramaqarshi turgan sotsialistik va kapitalistik sistemada yadro urushi, ochlik, ekologik va demografik halokat, jamiyat maʼnaviyatining inqirozi, irqchilik, millatchilik, diktatorlik rejimi kabi insoniyatga solayotgan taxdidlar ustida fikr yuritdi. Jamiyatni demokratlashtirish va qurolsizlantirish, ikki sistemani yaqinlashtirishga olib boradigan intellektual erkinlik, sotsial va ilmiytexnika taraqqiyotini barqaror etish masalalari koʻtarildi. Mana shu asar Gʻarbda eʼlon qilinganidan soʻng Saxarov hamma maxfiy ishlardan chetlashtirildi. Afgʻonistonga sovet qoʻshini kiritilishiga ochiqdanochiq norozilik izhor qilgani uchun 1980-y. yanv. da barcha mukofotlaridan maxrum etildi va Gorkiy sh. ga surgun qilindi. U yerda ham Saxarov huquqni himoya qilish faoliyatini davom ettirdi. Surgundan 1986-y. da qaytgan. Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1975).

Ensiklopediya.uz
SAXAROV Andrey Dmitriyevich