SAXA
SAXA (Yakutiya), Saxa Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Sibirning shim. da, hududining 1/3 qismidan koʻprogʻi Shim. qutb doirasida joylashgan. Novaya Sibir o. larini oʻz ichiga oladi. Mayd. 3103,2 ming km2. Aholisi 948,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Yakutsk sh. 33 tuman, 13 shahar va 62 shaharcha bor.
Ensiklopediya.uz
SAXA