Savol: Аliment toʼlamagan fuqaroga qanday jazo bor?
— Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment toʼlash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan boʼyin tovlagan shaxslar Oila kodeksining 79-moddasiga asosan ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Jinoyat kodeksining 122-moddasida belgilanishicha, moddiy yordamga muhtoj boʼlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan boʼyin tovlash, yaʼni alimentni uch oydan ziyod vaqt davomida toʼlamaslik eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. Yuqoridagi xatti-harakatni sodir etgani uchun sud qaroriga koʼra bir marta jazolangan fuqaro yana aliment toʼlashdan bosh tortsa, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilinishi yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.Savol: Аliment toʼlamagan fuqaroga qanday jazo bor?
DO`STLARGA ULASHING:
Savol: Аliment toʼlamagan fuqaroga qanday jazo bor?