SAVDOGARLAR

SAVDOGARLAR

SAVDOGARLARsavdo bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy tabaqa. S. tovarlarni uz isteʼmoli uchun emas, balki uni sotib foyda olish maqsadida xarid kiladi, ishlab chiqaruvchi (yoki tovar egasi) bilan isteʼmolchi urtasida (baʼzan turli xil tovarlar ishlab chikaruvchilar urtasida) vositachilik vazifasini bajaradi. Tovarlarni i. ch. makonining ularni isteʼmol qilish makonlariga hamisha ham mos kelavermasligi savdogarlikni obyektiv zaruratga aylantirgan. Savdo vositachilari ibtidoiy jamoaning yemirilish davrida vujudga kelib, jamiyatning keyingi tarixiy taraqqiyoti davomida ijtimoiy mehnat taqsimoti va ayirboshlashning rivojlanishi bilan boy Savdogarlar va mayda Savdogarlar guruxlariga boʻlingan holda jamiyat ijtimoiy tuzilmasining zaruriy unsuriga aylandi. Savdogarlar kadimgi dunyoning kupgina jamiyatlari (Karfagen, Ellin davlatlari, Yunoniston, Rim va b.) iqtisodiyotida muhim rol uynadi. Ilk oʻrta asrlarda arab mamlakatlari, ayniqsa, Hindiston, Xitoyda savdogarlik juda rivoj topdi. Karvonlar tuzib, yurtmayurt kezib savdo qilish savdogarchilikning keng tarqalgan koʻrinishi boʻlib qoldi.

Ensiklopediya.uz
SAVDOGARLAR