SAVDO UYI
SAVDO UYI — 1) katta mikyosda savdo operatsiyalarini olib boradigan koʻp tarmoqli savdo kompaniyasi. Oʻz kapitali va jalb etilgan kapitaldan foydalanadi. Aksariyat oʻz nomidan va oʻz xisobidan eksportimport, tovar ayirboshlash va b. tashki savdo alokalarini amalga oshiradi. Su. savdo korxonalarini sotib olish, jihozuskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, ichki ulgurji va chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirish, transport, sugʻurta va b. sohalarda xizmatlar koʻrsatish bilan moliya va i. ch. faoliyatida ham qatnashadi. Su. tarixan savdo kapitali mahsuli, shu sababli 20-a. ning 20y. lariga qadar sobiq SSSR hududida bunday uylar savdogarlar oilalariga qarashli boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
SAVDO UYI