Saturnning yangi yo’ldoshlari kashf etildi

Saturnning yangi yo’ldoshlari kashf etildi

saturnning yangi yoldoshlari kashf etildi 660ed9f056b19Saturnning yangi yo’ldoshlari kashf etildi

7-oktyabr kuni, Xalqaro Astronomiya Ittifoqining Kichik sayyoralar markazi Saturn sayyorasining yana 20 ta yangi tabiiy yo‘ldoshi aniqlanganini e’lon qildi. Demak, endilikda, tabiiy yo‘ldoshlari soni bo‘yicha Saturn mutlaq rekordchi bo‘lib, oldi va bundan buyon, uning yo‘ldoshlari soni 82 ta deb hisoblanishi kerak. Shu choqqacha, Quyosh sistemasida yo‘ldoshlari soniga ko‘ra Yupiter yetakchi edi va uning 79 ta yo‘ldoshi borligi ma’lum edi. Halqali sayyoraning yangi yo‘ldoshlarini Karnegi institutida ishlovchi Skott Sheppard boshchiligidagi ilmiy guruh diametri 8,2 metr bo‘lgan «Subaru» teleskopi vositasida kashf qilgan. Ushbu teleskop Gavay orollaridagi Mauna-Keya tog‘ cho‘qqisida joylashgan rasadxonaga o‘rnatilgan.

Yangi kashf qilingan yo‘ldoshlarning barchasi taxminan 5 km atrofida diametrga ega. Ulardan 17 tasi, Saturnning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda, ya’ni, retrograd orbita bo‘ylab harakatlanadi. Qolgan uchtasi esa Saturn bilan bir xil yo‘nalishda aylanadi. Yangi kashf qilingan va retrograd orbitaga ega yo‘ldoshlardan biri shuningdek, Saturndan eng olisda joylashgan yo‘ldosh ham bo‘lib chiqdi. Yangi yo‘ldoshlardan yana ikkitasi esa, Saturnga juda eng yaqini bo‘lib, ular sayyorasi atrofini ikki yilga yaqin muddatda aylanib chiqar ekan. Umuman olganda, yangi kashf qilingan yo‘ldoshlardan aksariyatining Saturn atrofini aylanib chiqish muddati uch yil atrofida ekanligi aniqlandi.

Ushbu yo‘ldoshlar orbitasining og‘ish burchagiga ko‘ra uch xil guruhga jamlangan. Bu guruhlarni norveg, inuit, hamda, gall guruhlari deb nomlangan. Chunki, bu guruhlarga mansub yo‘ldoshlarning har biriga, astronomlar ushbu xalqlar mifologiyasidan kelib chiqib nom berishadi. Aftidan, ushbu guruhga mansub yo‘ldoshlar, o‘tmishda yaxlit bir kattaroq yo‘ldosh bo‘lgan jismning qismlari bo‘lsa kerak deb taxmin qilinmoqda. Katta ehtimol bilan, o‘sha yirikroq bo‘lgan jism o‘ziga kelib urilgan kattaroq asteroid yoki kometa bilan to‘qnashuv natijasida parchalanib, ushbu mayda yo‘ldoshlarga bo‘linib ketgan bo‘lsa kerak. Shuningdek, Yupiterda ham yo‘ldoshlarning shunga o‘xshash guruhlanishi kuzatiladi.

Ushbu yo‘ldoshlarning orbitalarini o‘rganish asnosida olimlar, sayyora va yo‘ldoshlarning shakllanish va evolyutsion rivojlanish bosqichlari haqida yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Sheppard guruhi o‘tgan yili ham Yupiterning 12 ta yangi yo‘ldoshini kashf qilgan edi. O‘shanda, Karnegi instituti ushbu yangi kashf qilingan yo‘ldoshlar uchun nom o‘ylab topishga bag‘ishlangan onlayn tanlov e’lon qilgandi. Institut bu safar ham ushbu an’anani davom ettirishga qaror qilgan va Saturnning yangi kashf qilingan 20 ta yo‘ldoshlariga nom berish uchun, ushbu manzilda tanlov ochgan: https://carnegiescience.edu/NameSaturnsMoons . Eslatib o‘tamiz, nom, yuqorida aytilganidek, inuit qabilasi, gall xalqlari hamda, norveg millati afsonalari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.

saturnning yangi yoldoshlari kashf etildi 660ed9f1e80f2


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Astronomiya
Saturnning yangi yo’ldoshlari kashf etildi

Manba:orbita.uz