SATTOROVA Maryamoy Saidovna

SATTOROVA Maryamoy Saidovna

SATTOROVA Maryamoy Saidovna (1964.14.5, Shahrisabz) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Musiqadan ilk saboqni E. Boymurodovdan olgan. Toshkent konservatoriyasini anʼanaviy xonandalik ixtisosligi boʻyicha (F. Mamadaliyev sinfida) tugatgan (1990). Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1988—2000), «Oʻzbeknavo» birlashmasida (2000-y. dan) yakka xonanda. Diapazoni va nafasi keng, kuchli va yorqin ovoz sohibasi. Repertuaridan oʻzbek mumtoz ashula yoʻllari («Chorgoh», «Feruz», «Samarqand ushshogʻi», «Suvora», «Saraxbori Dugoh» kabi), 20-a. bastakor («Munojot», I. Ikromov; «Soginurman», «Yor oʻlmasin», F. Mamadaliyev; «Tengi yoʻq», O. Hotamov va b.) va kompozitorlar («Ayriliq», D.

Ensiklopediya.uz
SATTOROVA Maryamoy Saidovna