SATTOROV Joʻraqul Sattorovich

SATTOROV Joʻraqul Sattorovich

SATTOROV Joʻraqul Sattorovich (1938.1.10, Kattaqoʻrgʻon tumani Kallaqoʻrgʻon qishlogʻi) — agrokimyogar, tuproqshunos olim, Oʻzbekiston FA akad. (1994), q. x. fanlari d-ri (1980), prof. (1982), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1990). ToshDU biol. tuproqshunoslik ftini tugatgan (1962). Shu In-tda aspirant (1962—65), assistent (1966), katta oʻqituvchi (1967), dotsent (1968), kafedra mudiri (1968— 95), Oʻzbekiston FA Tuproqshunoslik va agrokimyo in-ti direktori (1987—95), Samarqand un-ti rektori (1955—99). 1999-y. dan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari Davlat qoʻmitasi Tuproqshunoslik va agrokimyo in-tida boʻlim mudiri.

Ensiklopediya.uz
SATTOROV Joʻraqul Sattorovich