SARXONA
SARXONA (fors. — boshxona, boshlanish) — musiqada kuy va ashulalarning boshlangʻich tuzilmasi. Odatda, musiqa asarining dastlabki ikki jumlasini tashkil qiladi. Shashmaqomda, shuningdek, sarhat (ashulaning birinchi jumlasi), sarohang (ohangning boshlangʻich tuzilmasi) atamalarida ham qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
SARXONA