SARMICH OLTIN KONI

SARMICH OLTIN KONI

SARMICH OLTIN KONINurota tumanida, Qoratogʻning markaziy qismida joylashgan kon. 1968—73 y. larda konning uchta uchastkasida 15 ruda tanalari oʻrganilib, istiqbolliligi aniqlangan. Ruda tanalari kvarsli tomirsimon, baʼzan diorit va porfirit daykalaridan iborat, uz. 50 m dan 250 m gacha, qalinligi 0,6 m dan 6,0 m gacha. Rudali minerallar pirit, arsenopirit, galenit, kamroq mikdorida pirrotin, xalkopirit, markazit, oltin va kumush telluridlaridan hosil boʻlgan. Atrofdagi jinslar, asosan, kvars, kalsit, albit, xlorit, seritsit kabi minerallardan tarkib topgan. Rudalarda foydalai komponentlarning maʼlum qismi (oltinning 80 — 90%, kumushning 50 — 66%) erkin holda boʻlganligi tufayli ularni ajratib olish jarayoni osonlashadi. Sarmich oltin konida oltin va kumushdan tashqari kamroq miqdorda qoʻrgʻoshin ham sanoat ahamiyatga ega boʻlgan komponent deb belgilangan. Sarmich oltin koni 1980-y. gacha qisman qazib olingan.

Ensiklopediya.uz
SARMICH OLTIN KONI