SARKAZM

SARKAZM

SARKAZM (yun. sarkasmos, sarkaro — aynan: goʻshtni nimtalayman, porapora qilaman) — komiklik turi, badiiy uslub vositalaridan biri; masxaralab fosh etuvchi murosasiz kulgi asosiga qurilgan fikrmulohaza. Zaharxanda, istehzoli achchiq kinoya. Biroq Sarkazmda obyektga munosabat kinoyadagidek «yuvosh, beozor», «hazil» shaklida boʻlmaydi, aksincha qahrgʻazab, nafrat ohangi sezilib turadi. Unda obyektni yer bilan yakson etuvchi, beomon, haqoratomuz baho ochiq va yalangʻoch ifodalanadi. Sarkazmda kinoyaga xos 2 maʼnolilik mavjud boʻladi va shu xususiyati bilan toʻgʻridantoʻgʻri ayblanuvchi yoki haqorat etuvchi nuqtalardan farklanadi. Fosh etish Sarkazmning xarakterli xususiyatlaridan boʻlsada, rad etish uning asosiy mohiyati. Bunga koʻra, Sarkazm kinoyadan va uning askiya, maynabozchilik, mazax, piching, tahqirlovchi kulgi kabi turlaridan yuqori turadi. Sarkazm lirik va dramatik janrlarda, publitsistika, yumoristik va hajviy asarlarda, shuningdek, notiklik sanʼatida keng qoʻllaniladi. Adabiyotshunoslikda Sarkazm antik davrdan maʼlum. J. Svift, Servantes, Gogol, SaltikovShchedrin, Mayakovskiy, Hamza, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Gʻafur Gʻulom, Sayd Axmad va boshqalar Sdan samarali foydalanganlar.

Ensiklopediya.uz
SARKAZM